Ру O`z En

SANITAR LABORATORIYASI VA QUTQARUV OTRYADI XODIMLARI UCHUN SEMINAR

Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarida har chorshanba va payshanba kunlari o‘tkazilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash, ichki intizom, Odob- axloq Kodeksi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha seminarlar davom etmoqda.

Sanitar laboratoriyasi va qutqaruv otryadi xodimlari uchun 20-fevral kuni o‘tkazilgan seminarda sohaga oid mavzular bo‘yicha Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov, Komplayens xizmati rahbari G‘ofurjon Jabbarov, boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva, boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurmurod Sirojov, xotin – qizlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Umida Axundjanova va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Gulnora Murodovalar ma’ruzalar qildilar.

Seminarda mehnat intizomi, ichki mehnat tartibiga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi qaqshatgich zarba berish, Odob-axloq Kodeksiga rioya qilish,  ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni faollashtirish, yoshlar va xotin-qizlar, korxona xodimlarining murojaatlari bilan ishlash, ularning ijtimoiy himoyasi masalalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

 

 

«Farg‘onaazot» AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech