Ру O`z En

“AJDODLARNI YOD OLIB”: 14-FEVRAL ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING 542 YILLIK TAVALLUDI

Bugun, joriy yilning 14-fevral  kuni “Farg‘onaazot” AJda o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim hamda davlat arbobi, sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni keng nishonlandi. 

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabr kungi “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tadbirga Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri taklif etildi. Teatr xodimlari korxona ishchilariga Boburning hayotidan lavhalar, g‘azallaridan kuy-qo‘shiqlar va raqslar qo‘yib berdilar. Shuningdek, aktyorlar ijrosidagi Boburning ta’sirli hayot kechinmalari xodimlar yodida  unutilmas iz qoldirdi.

     Korxona boshqaruvi raisi aytganlaridek, “Mazkur  kun mamlakatimiz hayotida muhim sana hisoblanadi, zero o‘zbegimiz adabiyotshunosi, shoiri, buyuk sarkardasi bo‘lmish Zahiriddin Bobur asrlar davomida bizlargacha ko‘p asar va g‘azallarni qoldirib ketgan shaxsdir.

      Biz korxona rahbariyati barcha ajdodlarimiz, ulamo va yirik namoyandalarimiz chirog‘i o‘chmasligiga, ularning yaratgan asarlari, hayotlari va davlatimizga qo‘shgan hissalarini yosh avlodga yetkazishga bor kuchimizni sarflaymiz”.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech