JAMIYATDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR, XOTIN-QIZLAR, KASABA UYUSHMASI QO‘MITASI VA YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA 2024-YILDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR YUZASIDAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
Bugun, 28-ferval kuni korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kasaba uyushmasi, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirokida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlab to‘g‘risida yig‘ilish tashkil etidi.
Yig‘ilishda hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan xodimlarni siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy saviyasini yanada oshirish, yoshlar, xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy mafkuramizni rivojlantirish, qonun ustivorligini ta’minlash, xodimlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, halollik tuyg‘ularini mustahkamlash, muhim sanalar, shoir va olimlar, bayramlarni munosib kutib olish maqsadida korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Yo‘l xaritasi ijrosini sezilarli darajada bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan kelishib olindi.
Shuningdek, 8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan bir qator bayram va tanlovlarda xodimalar ishtirokini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati