Ру O`z En

KORXONAMIZDA DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGANINING 34 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Davlat ramzlari — har bir davlatning suvereniteti, mustaqilligi va xalqning tarixiy-madaniy qadriyatlarini ifodalovchi eng muhim timsolidir. Ayniqsa, bayroq mamlakatning siyosiy barqarorligi, davlatchilik an’analari va milliy birlik timsoli sifatida alohida o‘rin tutadi. Ko‘kda hilpirab turgan bayroq — ozod va obod yurtning iftixorli ramzidir.

Shu munosabat bilan korxonamizda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 34 yilligi keng nishonlandi. Tadbir “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida o‘tkazildi.

Tadbirda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov, Yuridik bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Mahmud Qayumov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojov hamda korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Davlat bayrog‘imizning yaratilish tarixi va uning huquqiy maqomi, bayroq to‘g‘risidagi yangi qabul qilingan farmon va normativ-huquqiy hujjatlar, tinchlikning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati va uni asrash bo‘yicha fuqarolik mas’uliyati, yoshlar ongiga turli zararli mafkuraviy oqimlar, dezinformatsiya va provokatsion chaqiriqlar singdirilishining oldini olish, O‘zbekistonning suveren demokratik taraqqiyotiga qarshi qaratilgan destruktiv kuchlarga nisbatan qat’iy mafkuraviy immunitet shakllantirish zarurati, kabi mavzular to‘g‘risida so‘z yuritildi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech