Ру O`z En

JAMIYATIMIZDA “OILAVIY HUQUQ TARG‘IBOT OYLIGI” DOIRASIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

“Oila baxti” shiori ostida o‘tkazilgan seminarni jamiyat kasaba uyushmasi raisi Ilhom Abduvohidov o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, korxona rahbariyati korxonamiz, davlatimiz oilalarining mustahkamligini saqlash, ularda o‘zaro mehr, hurmatni yanada oshirishga, farzandlar ko‘zlaridagi baxt va quvnoq bolalikni saqlab qolishga bor kuchlarini sarflashlarini, buning uchun nafaqat oilalar balkim davlat, mahallalar ham javobgar ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.

    Korxonaga tashrif buyurgan soha mutaxassislar, ya’ni, Muborak Uzaqova – Farg‘ona shahar otinoyi, Zulfizar Mo‘minova - Farg‘ona shahar hokimligi Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis, Shahodatxon Muydinova – Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati, Farg‘ona shahar “Oqila ayollar” Kengashi raisi va Jo‘rabek Rahmonov – Farg‘ona shahar imom xatibi xodimlarga oiladagi  sog‘lom munosabat, o‘zaro hurmat, halollik, qaynona, kelin va kuyov munosabatlari, shukronalik hissi, oila a’zolari zimmasidagi vazifalar to‘g‘risida ibratli ma’ruzalar qilishdi. 

    Seminar suhbat tarzida o‘tkazilib, samimiy muhit yaratildi. Soha mutaxassislari tadbir ishtirokchilariga qiziqarli savollar bilan yuzlandilar va mavzuga to‘liq jalb qildilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech