Ру O`z En

KORXONADA “KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DOIRASIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-fevraldagi 37-son farmonida  fuqarolarni kiberjinoyatlar qurboniga aylanishini oldini olish va fuqarolarda kiberjinoyatga qarshi kurashishda “kibergigiena”ni shakllantirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish belgilab berilgan. Farmon ijrosini ta’minlash uchun viloyatimiz bo‘ylab 1-iyuldan 30-iyulga qadar “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” belgilangan bo‘lib, 2024-yilning 26-iyul kuni “Farg‘onaazot” AJda mazkur mavzuda seminar tashkil etildi.

      Seminarining asl maqsadi internet tarmog‘idan oqilona foydalanish, fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni virtual firibgarliklardan, kiberjinoyatlardan, feyk xabarlar, onlayn qimorlardan saqlash, bank kartalaridan xavfsiz foydalanishni ko‘zda tutgan.

     Seminarga soha mutaxassislari taklif etildi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar borshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi, leytinant Kamronbek Qurbonov, Kirguli masjidi mas’ul xodimi Abdulboqi Ortiqov va korxona psixologi Nargiza Ergashevalar  kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlarni taqdimot tarzida so‘zlab berdilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech