Ру O`z En

KORXONADA XALQARO SERTIFIKATLASHNING IKKINCHI BOSQICH AUDITI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 12-sentabr kuni korxona majlislar zalida integrallashgan menejment tizimi (IMT) xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirishning ikkinchi bosqich auditi natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Auditni “Management Certification” MCHJ xalqaro auditorlari o‘tkazib, korxonada ISO 9001:2015 (Sifat menejmenti tizimi), ISO 14001 (Atrof-muhitni boshqarish tizimi) va ISO 50001:2018 (Energiya menejmenti tizimi) standartlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qildi.

Jarayon davomida mavjud kuchli jihatlar bilan birga ayrim nomuvofiqliklar va takomillashtirish imkoniyatlari ham qayd etildi. Auditorlar bu borada o‘zining batafsil hisobot va tavsiyalarini taqdim etdi.

Yig‘ilish yakunida Jamiyat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev xalqaro auditorlarga minnatdorlik bildirib, ularning xulosalari korxonaning menejment tizimini yanada takomillashtirish, barqaror rivojlanish va xalqaro talablar asosida samaradorlikni oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, berilgan tavsiyalar asosida zarur choralarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech