KORXONADA “DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA: YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yilning 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar “Dolzarb 30 kun” e’lon qilingan bo‘lib, mazkur tadbirlar doirasida “Farg‘onaazot” AJning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda FVB OYXTTEB xodimlari hamkorlikda korxonaning 2- sanoat maydoni ishchi-xodimlari ishtirokida kutubxonada seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi, bunday vaziyatlarda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlar sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalari yuzasidan turli savollar bilan soha vakillariga yuzlandi va atroflicha javob olinib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati