KORXONADA ISO XALQARO STANDARTLARI JORIY ETILMOQDA
Bugun, 11-noyabr kuni, korxonaning faollar zalida tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va “PROJECT Solution Group” MCHJ auditorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish korxonada ISO 45001:2018 “Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimi” xalqaro standartini joriy qilinishiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishni MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarmasi boshlig‘i ochib berdi. Fayzullo Abdurahmonov o‘z nutqida korxonaning barcha boshqarma, bo‘lim va sex boshliqlariga ISO Xalqaro standartini tatbiq qilish jarayoni davomida auditorlar tomonidan ichki audit o‘tkazishilini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng so‘z "PROJECT Solution Group" auditorlariga berildi va yig‘ilish qatnashchilariga ichki auditning maqsadlari haqida batafsil tushuntirildi, xususan, joriy etilayotgan ISO 45001:2018 standarti xodimlarning ish joyidagi xavfsizlik darajasini oshirishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati