“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” AMALDA
Bugun, 15-noyabr kunidan Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi. Ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etish hamda Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish, sanoat va yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida jamiyatimizning Sanoat xavsizligi boshqarmasi va OBYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar va yong'inlar, is gazidan zaharlanishlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi ko'ngilsiz holatlarni oldini olish yuzasidan jamiyatning sex va boshqarmalari xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir hamda ko'rgazmali texnikalar namoyishi tashkil etildi.
Tadbir so'ngida ishchi-xodimlarga sanoat, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish bo'yicha yana bir bor eslatmalar berib o'tildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati