Ру O`z En

XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI TOMONIDAN FAOL A’ZOLAR TAQDIRLANDILAR

Mustaqillik bu – oliy ne’mat uni asrashga va ona diyorimizni yanada rivojlanishi uchun xar birimiz o‘z hissamizni qo‘shishga mas’ulmiz. Albatta bularni amalga oshirishda xalqimiz bilan birgalikda xarakat qilishimiz zarur. Shuningdek, xalq farovonligini ustunligini ta’minlash uchun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning ham o‘rni katta.

Korxonamizda “Farg’onaazot” Xalq demokratik partiyasi boshlang‘ich tashkilotining faol a’zolarini rag‘batlantirish maqsadida jamiyatning majlislar zalida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatga O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati raisi, viloyat Kengashi deputati Zokirjon Zoxidov, viloyat Kengashi deputati, “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati  Ilmiy innovatsiya markazi boshlig‘i Timur Surenin, O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona shahar Kengashi raisi Alisher Umarov va O‘zbekiston Respublikasi Halq demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Shoxrux O‘ktamovlar ishtirok etdilar. 

    O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati raisi, viloyat Kengashi deputati Zokirjon Zoxidov o‘z nutqida xozirgi kunga qadar partiya tomonidan fuqarolarimizga ko‘rsatilayotgan yorlamlar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, barcha XDP partiya a’zolariga bu ishlardagi ko‘maklari uchun minnatdorchiliklar bildirib o‘tdi.

     O‘zbekiston Respublikasi Halq demokratik partiyasi Farg‘ona shahar Kengashi raisi Alisher Umarov partiya o‘z faoliyatini davom ettirish va xalqimizga xizmat qilishida partiya a’zolarining o‘rinlari katta ekanligini, ularning targ‘ibot-tashviqot ishlari XDP partiyasini fuqarolarimizga to‘g‘ri xizmat qilishiga zamin yaratishi to‘g‘risida nutq so‘zladi. Shuni hisobga olgan holda partiya raislari “Farg’onaazot” Xalq demokratik partiyasi boshlang‘ich tashkilotining 10 nafar faol a’zolarini rag‘batlantirdilar.

“Farg’onaazot» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech