Ру O`z En

Korxonamizda "8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni"ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

    Korxona ma'muriyati va kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan tantanali va rang-barang bayram kechasiga korxonamizda faoliyat yuritayotgan sex va bo'limlar ayollari tashrif buyurdilar. Tadbirni "Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdupatto Salijanov ochib, yig'ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.

     Bayram oqshomi davomida mehmonlar uchun "Asr" raqs ansambli chiqish qildilar. Viloyatimizning taniqli xonandalaridan G'iyos Mavlonov, Shaxnoza Xoshimova, Nargiza Maxmudova va boshqa qo'shiqchilar ayollarni ulug'lovchi qo'shiqlari bilan bayram kechasiga ko'tarinki ruh baxsh etishdi.

     So'z ustasi va qiziqchi Abduraxmon Siddiqov o'zining quvnoq hazillari bilan mehmonlarni xushnud etdi. Shuningdek, tadbirda korxonaning bir qator faol ayollari munosib tuhfalar bilan taqdirlandilar.



"Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech