Ру O`z En

“NAZM VA NAVO” KECHASI

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur tadbir “Fag‘onaazot” AJ ishchi xodimlari uchun korxona jamoat tashkilotlari tomonidan tashkillandi. Adabiyot muxlislari uchun filarmoniya ijodiy uyushmasi buyuk mutafakkir va davlat arboblarining g‘azal va asarlaridan parchalar, jonga oro beruvchi milliy musiqa, raqslarimiz jozibadorligini namoyish etdilar. 

 

 Adabiyot kechasi shak-shubhasiz qalblarimizda buyuk ajdodlarimizning o‘zlaridan qoldirib ketgan insonparvarlik, yurtparvarlik, fidoyilik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bebaho asarlari bilan g‘ururlanish hissini berdi. Zero, Navoiy va Bobur g‘azallari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar qalbga huzur, sokinlik, zavq bag‘ishlaydi. Zaldagi ulkan monitorda milliy osori atiqalarimiz, nodir qo‘lyozmalardan namunalar, betakror me’moriy obidalar namoyishi kechaga yanada jonli ruh bag‘ishladi.

 

   Nafosat, she’riyat, adabiyot, musiqa bayramiga aylangan kecha muxlislarga manzur bo‘ldi.

 

“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech