Ру O`z En

“NOSTANDART VAZIYATLAR BO‘YICHA” O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

Nostandart vaziyatlar - Avvalo, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganda, shuningdek, xodimning yetarli darajada bilimga ega bo‘lmagan hollarida paydo bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlari o‘rtasida bilim va malaka oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari MM,XT,AMM va XIChO SX boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, unda nostandart vaziyatlarning paydo bo‘lishining sabablari, mahalliylashtirish va tugatish bo‘yicha xodimlarining harakatlari to‘g‘ri yoki yo‘qligi, shu o'rinda, kelajakda shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar berildi.

Shuni ta’kidlash joizki, jamiyatimizda doimiy ravishda MM, XT, AMM va XIChO SX boshqarmasi tomonidan korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida nostandart vaziyatlarni kelib chiqish holatlarini oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etib kelinmoqda.



"Farg‘onaazot" AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech