ODOB-AXLOQ HAR BIR ISHDA HAMOHANG BO‘LISHI LOZIM
Jamiyatimizda odob-axloq, kiyinish hamda muloqot odoblarini yanada mustahkamlash, shu o‘rinda, Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ta’minlash yuzasidan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar korxonamizning yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi, komplaens nazorat xizmati va jamoat tashkilotlari tomonidan tashkillanib, unga Farg‘ona viloyati diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis - Farg‘ona shahar mas’uli Ilxomjon Mirzaaxmedov, Beshbola masjidi imomi Husniddin Tursunzoda, Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasining terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i E’zozaxon O‘rmonova va bosh otinoyi Manzuraxon Axmadalievalar tashrif buyurishdi.
Seminarda korxonamiz komplaens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov o‘zining kirish so‘zida korxonamizning barcha xodimlarini korxona ichki tartib qoidalariga amal qilishga chorlab, ularni jamiyatimiz bo‘ylab “odob-axloq masalalari bo‘yicha tartib qoidalarga qat’iy rioya etishni yanada ko‘chaytirish to‘g‘risida”gi ishlab chiqilgan buyruq bilan tanishib chiqishlari va unga amal qilishlari lozimligini aytib o‘tdi.
Shu o‘rinda, seminarda kiyinish madaniyati, muloqot odobi, halol mehnat Islom dinini asl mohiyati hamda uni noqonuniy talqinlari to‘g‘risidagi mavzular ko‘tarildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati