Ру O`z En

“ODOB- AXLOQ NAMUNAVIY NIZOMI, ICHKI MEHNAT TARTIB QOIDALARIGA QAT’IY AMAL QILISHNI TA’MINLASH USTIVOR VAZIFA” MAVZUSIDAGI TAShRIFLAR DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, jamiyatning barcha sexlari bo‘ylab 2024- yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da “Farg‘onaazot” AJ sexlarida odob- axloq  namunaviy Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha tashriflar boshlab yuborilgan.  

Tasdiqlangan jadvalga asosan tashriflar hozigi kunga qadar Elektr jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash, Ammiak ishlab chiqarish, jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash hamda Soda ishlab chiqarish sexlariga amalga oshirildi.

Tashriflarda xodimlarga jamiyatda tasdiqlangan Odob-axloq Kodeksi, Ichki mehnat tartib qoidalari, Mehnat kodeksi, jamoa shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tilmoqda. Yig‘ilishlar yakunida xodimlar savol va takliflari yozib olinmoqda.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech