Ру O`z En

“ONA TILI – BU MILLATNING RUHIDIR” SHIORI OSTIDAGI “KITOBXON-XODIM” KO‘RIK-TANLOVI

“Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim” - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

“21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlanib,  xodimlar o‘rtasida millatimiz g‘ururi bo‘lmish ona tilimiz mavqeini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va keng targ‘ib qilish maqsadida “Ona tili – bu millatning ruhidir” shiori ostida “Kitobxon-xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda jamiyatning barcha sex va boshqarmalari xodimlaridan istak bildirganlar qatnashdilar.    Tanlov shaffaf va holis o‘tishini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati a’zolarini soha mutaxassislaridan jalb qilindi. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Koreya Xalqaro Universiteti o‘qituvchisi Muqaddasxon Ehsanova, Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxonasi mutaxassisi Gulasalxon Valiyevalar ko‘rik-tanlovga hakamlik qildilar.

Tanlov 3-boschiqda “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” va “Men sevib o‘qigan asar” bosqichlarida bo‘lib o‘tdi. 1- va 2- shartlarda ishtirokchilar  tuzilgan savollarni bilet tortish orqali tanlab olib, badiiy asar qahramonlari va badiiy asardan parchalarni  qaysi asardan ekanligini topish usuli bilan baholarni qo‘lga kiritdilar.

3- shartda esa ishtirokchi tomonidan sevib o‘qilgan asarning g‘oyasi, mazmuni, xulosalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri annotatsiya yozilishi Nizom bo‘yicha belgilangan edi. Imlo qoidalariga amal qilish holati ham inobatga olingan holda, 10 daqiqa ichida yozilgan annotatsiyalar baholab chiqildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, mutloq g‘oliblikni Ammiak 3 sexi xodimi Sodiqjon Qodirov qo‘lga kiritib, 8 000 000 so‘mni qo‘lga kiritdi. 2- o‘rinni Mochevina ishlab-chiqarish sexi xodimasi Manzura Pozilova egallab, 5 000 000 so‘mni hamda  3- o‘rinni Mochevina ishlab-chiqarish sexi xodimasi Muhlisa Ikromaliyeva egallab  3 000 000 so‘m pul miqdoriga sazovor bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, “Kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovi sovrindorlari “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbirida taqdirlanadilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech