“MA’NAVIYAT BO‘YICHA YETAKCHI SEX” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Jamiyat sexlari o‘rtasida “Biz bir bo‘lsak-yagona kuchmiz, birlashsak-vatanmiz” g‘oyasi ostida o‘tkazilan ko‘rik- tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.
Hakamlar hay’ati barcha sexlarni Nizom asosida ko‘zdan kechirib, baholab bordilar. Ishlab chiqarish sexlarida ma’naviyat xonalarini zamon talablariga xosligi, ulardagi ma’naviyatimiz, o‘zbekona milliyligimizni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmalar, kutubxonalar, ishchi-xodimlar uchun kitoblar, gazetalar, audio va video qo‘llanma materiallarni tashkil etilganligi, shuningdek, xodimlarni ma’naviy bilimlari hamda ularning intilishlarini qo‘llab quvvatlash, jamoada ma’naviy, madaniy muhit shakllanishi, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy sohalarga qaratilinayotgan e’tibor, ma’naviyat bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasida ko‘rsatilgan mavzularda o‘tkazilgan seminarlar, tadbirlar, Odob-axloq kodeksi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hujjatlarning mavjudligi shular jumlasidandir.
Tanlov natijalaringa ko‘ra, 1-o‘rinni Xloraт magniyli defolianti sexi egallab 4 000 000 so‘mga, 2- o‘ringa Aloqa sexi sazovor bo‘lib 3 000 000 so‘mga va 3- o‘rinni Karbamid ishlab chiqarish sexi zabt etib 2 000 000 so‘m pul mablag‘lari hamda jamiyatning diplomlariga ega bo‘ldilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati