XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDAGI SHAXMAT MUSOBAQALARI G‘OLIBLAR ANIQLANDI
Avval xabar berilganidek, “Farg‘onaazot” AJda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan jamiyatda mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazilayotgan edi.
Joriy yilning 4 – mart kuni bo‘lib o‘tgan musobaqa shaxmat sport turiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘yinlarda mutlaq g‘oliblikni Karbamid ishlab chiqarish sexi katta ustasi Zarinaxon Samatova egalladi.
2-o‘rinni Mexanikaviy ta’mirlash sexi nazoratchisi Alla Popova qo‘lga kiritdi, 3-o‘rinni Markaziy kimyo laboratoriyasi yetakchi muhandisi Yorqinoy Toxirxodjayeva sazovor bo‘ldi. 4-o‘rinni esa Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexi navbatchi hamshirasi Nigoraxon Madaliyevaga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati