Ру O`z En

BOSH QOMUSIMIZ 31-YILLIGI MUNOSABATI BILAN “ZAKOVAT QUIZ” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31-yilligi korxonada keng nishonlanib kelinmoqda. Bu borada o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadbirlar ish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, ularning biri “Konstitutsiyasi – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot sari!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinidir.

      Mazkur o‘yin o‘tkazildi. Xodimlar salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish uchun tashkil etilgan o‘yin,  bugun korxona majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. O‘yin qiziqarli va ibratli savollardan tashkil topganligi sababli, g‘oliblik uchun jamoalar uzoq va murosasiz bellashdilar.

      O‘yin natijalariga ko‘ra 1-o‘rin “Ammiak-3 sexi” jamoasiga, 2-o‘rin “Ishlab chiqarish texnika boshqarmasi” jamoasiga hamda 3-o‘rin “Elektr ta’minoti sexi” jamoasiga nasib etdi.

      G‘olib va sovrindorlar joriy yil 7-dekabr kuni bayram kechasida korxona rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech