KORXONADA “SPORT NAFISLIK VA SALOMATLIK MANBAI” SHIORI OSTIDAGI SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI
“Farg‘onaazot” AJda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan jamiyatda mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, musobaqalar doirasida bugun, joriy yilning 3-mart kuni shashka sport musobaqasi o‘tkazildi.
Ishtirok etish istagini bildirgan jami 40 nafar ayollar qur’a tashlash orqali juftliklarga bo‘lingan holda o‘z raqiblari bilan o‘yin olib bordilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada natijalar quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rinni Sirka angidridi va sirka kislotasini qayta tiklash sexi sintez apparatchisi – Zulhumor Abduraxmonova;
2-o‘rinni Sanitar laboratoriya sexi muhandisi – Irodaxon Yusupova;
3-o‘rinni Nazorat o‘lchov asboblari va Avtomatika sexi NO‘A va A chilangari – Odinaxon Maxmudova;
4-o‘rinni esa Soda sexi kimyoviy tahlil laboranti – Gulbahor Rahmatullayevalar egalladilar.
G‘olib va sovrindorlar kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
“Farg‘onaazot” Matbuot xizmati