Ру O`z En

O‘QUV AMALIY MASHG‘ULOTI

Korxonaning sex va boshqarmalarida doimiy tarzda sanoat xavsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar, favqulodda hodisalarda tezkor harakatlanish borasida  ishlar amalga oshirilib borilishi hech kimga sir emas. Zero, sanoat xavfsizligini ta’minlashdagi shay holat  ishchilar xavfsizligini kafolatlaydi.

   Avariyalarni bartaraf etish rejasi bo‘yicha jamiyatning AS-72M sexining 718-binosida joylashgan X-37 qurilmasidan chiqish quvuridagi flanes birikmasi oralig‘idan gazsimon ammiak atrof-muhitga chiqib, tarqalib ketishi bilan bog‘liq sodir bo‘lgan avariyani jabrlangan ishchilar, tezkor xizmatlarni, ya’ni, qutqaruv otryadi, yong‘in qutqaruv qismi, tibbiy xizmat va idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limlarini jalb qilgan holda zaharli modda tarqalgan hududni o‘rab va odamlarni zararlangan hududdan olib chiqish mavzusida o‘quv amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech