“RUHIY SALBIY HOLATLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI
“28-aprel – Mehnat muhofazasi kuni” munosabati bilan jamiyatda “Keling, sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” shiori ostida ishchi-xodimlar uchun psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur tadbir korxonada sog‘lom mehnat muhitini shakllantirish, xodimlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash hamda psixoemotsional xavflarning oldini olishga qaratildi.
Seminar-treningda psixologiya fanlari doktori Ergasheva Nargizaxon hamda Xavfsizlik texnikasi boshqarmasi boshlig‘i Abduraxmonov Fayzullo ishtirok etib, ish jarayonida uchraydigan stress omillari, emotsional zo‘riqish, kasbiy charchoq sindromi hamda ruhiy salbiy holatlarning profilaktikasi yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida mehnat jamoasida psixologik iqlimni yaxshilash, stress-menejment mexanizmlarini qo‘llash, xodimlarning motivatsion faolligini oshirish hamda psixologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, seminar doirasida interaktiv muloqot, psixodiagnostik yondashuvlar va amaliy trening mashqlari orqali ishtirokchilarga ruhiy muvozanatni saqlash, emotsional intellektni rivojlantirish hamda ish faoliyatida psixologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati