Ру O`z En

“MEN DONORMAN” SHIORI OSTIDA O‘TKAZILGAN AKSIYA

Korxonamizda “Men donorman” shiori ostida xayriya donorlik aksiyasi otkazildi.  Ezgulik yo‘lida  korxonaning bir guruh yoshlari va faol xodimlari “Men donorman” aksiyasida ishtirok etdilar.

Donorlik aksiyasi turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar, bemor bolalar sog‘ayib ketishlariga muayyan darajada yordam beradi. Shuningdek davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan kishilarga tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan xayriya tadbirida sog‘lom ishchi-xodimlarning donor sifatida qatnashishi taʼminlandi.

 

"Farg‘onaazot" AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech