Ру O`z En

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHGA QARATILGAN DAVLAT DASTURI LOYIHASI YUZASIDAN KENG JAMOATCHILIK MUHOKAMASI TASHKIL ETILDI

Korxonamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

Mazkur muhokama ochiqlik va jamoatchilik ishtiroki tamoyillari asosida o‘tkazilib, unda korxonaning bir guruh sex faollari ishtirok etdi. Davra suhbati aholining fikr-mulohazalarini tizimli ravishda yig‘ish, fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish hamda normativ-huquqiy hujjat loyihasini takomillashtirishga xizmat qildi.

Tadbir davomida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Yoshlar masalalari bo‘yicha boshqaruv raisining maslahatchisi, shuningdek, xotin-qizlar mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlariga rioya etilishi bo‘yicha mas’ul mutaxassislar so‘zga chiqib, Farmon loyihasining strategik maqsadlari, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda barqaror rivojlanishga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Ular hujjatda belgilangan vazifalar mahallalarni rivojlantirish, inson manfaatlarini ta’minlash va jamiyat farovonligini oshirishga qaratilganini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, ishtirokchilarni muhokamalarda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga, aholining fikr va takliflarini keng jalb etish orqali loyiha inklyuziv va samarali mexanizmlar asosida yanada takomillashtirilishiga hissa qo‘shishga chaqirildi.

Yig‘ilish yakunida fuqarolar o‘z taklif va mulohazalarini https://www.uzbekistan2030.uz/ platformasi orqali bildirishlari mumkinligi tushuntirilib, Davlat dasturi loyihasini takomillashtirish jarayonida jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish muhimligi yana bir bor e’tirof etildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech