Ру O`z En

O‘RGANSA ARZIGULIK TAJRIBA

Joriy yilning 16 dekabr kuni “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida “Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va foydalanish tartibi” mavzusida o‘quv-metodik seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar korxonaning TJ ABT va Metrologiya boshqarmasi tomonidan tashkil etilib unga “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar mas’ul xodimlari tashrif buyurdilar.

O‘quv-metodik seminarda “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev korxona kimyo sanoatida birinchilardan bo‘lib favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini muvaffaqiyatli joriy etilganligi va ishga tushirganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shu o‘rinda u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
 8-avgustidagi “Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi 601-qarori va hukumatimizning ushbu sohaga oid qabul qilingan boshqa bir qator qarorlari hozirgi kunda naqadar dolzarbligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Seminarda “O‘zkimyosanoat” AJ sanoat xavfsizligi, fuqarolar muhofazasi, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya bo‘limi boshlig‘i Sh. Nazarov ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  Rayosati Majlisining 2022-yil
5-maydagi 68-son bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘zladi.

  Dasturga muvofiq seminarda jamiyat Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va Metrologiya boshqarmasi boshlig‘i
M. Kasimov “Farg‘onaazot” AJda xabar berish va ma’lumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha ishlarini amalga oshirish tartibi, ishga tushirish jarayonida yuzaga kelgan muammolar, ularni hal etish bo‘yicha bajarilgan tashkiliy va texnik tadbirlar to‘g‘risidagi ma’ruzasi seminar qatnashchilariga  manzur bo‘ldi.

So‘ng “Alex Telekom” XK vakili  “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida XMATni yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hujjatlar to‘plamini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.      

 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  Rayosati Majlisining 2022-yil 5-maydagi 68-son bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari vakillarini hisobotlari o‘qib eshittirildi.

Shu o‘rinda, XMATni tatbiq etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalar yechimi bo‘yicha muhokamalar va o‘zaro tajriba almashinuv bo‘lib o‘tdi.

Seminar yakunida tadbir qatnashchilari modernizatsiya qilingan yangi XMAT tizimi bilan yaqindan tanishish maqsadida, “Farg‘onaazot” AJ Aloqa sexi va Dispetcherlik xizmatiga tashrif buyurishdi. Ushbu  tizimning afzallik tomonlarini test ravishda ishga tushirish yo‘li bilan namoyish etildi.

Korxonada XMAT tizimini modernizatsiya qilish borasidagi amalga oshirilgan ishlari seminar qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi va ushbu ilg‘or tajriba “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech