OSMONI MUSAFFO ELNING HAR KUNIGA BAYRAM YARASHAR!
Respublikamiz konstitutsiyasining qabul qilinganligining
29 yiligiga bag‘ishlangan tadbir, bayram dasturlari “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida birin ketin nishonlanmoqda. Bayram tadbirlarining rahbariyat tomonidan keng ko‘lamda tashkillanishi korxona xodimlarining har kunini bayramdek o‘tishiga zamin yaratmoqda.
Bugun 7 dekabr kuni Qomusimiz joriy etilgan kunni korxonamiz ishchi xodimlari “Kimyogarlar” madaniyat saroyida tantanali ravishda kutib oldilar. Bayramda korxona boshqaruvi raisi Abdupatto Salijanov so‘zga chiqib bosh qomusimizning fuqarolarimiz hayotidagi o‘rni, ahamiyati va salohiyati haqida so‘zlar ekan, konstitutsiyamizning tashkil topgan kuni bilan barchani muborakbod etdi. Shuningdek, huquqiy davlatning belgisi - barcha fuqarolar irqi, millati, dinidan qat’iy nazar qonun oldidagi tengligidan nishona ekanligini ta’kidladi. Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligi haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir muqaddas bo‘lgan madhiyamiz sadosi ostida ochildi. Shundan so‘ng, Farg‘ona Davlat filarmoniyasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi boshlanib ketdi. Konsertda filarmoniyaning hush ovoz xonandalari qo‘shiqlari, raqs guruhlarining bir-birida go‘zal bo‘lgan raqslari, bayramga o‘zgacha jilo bag‘ishladi.
O‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan barcha tinchlik va ahillik, bunyodkorlik hukum surayotgan yurtga hamisha mana shunday shodu-xurramlik yarashishini dildan his etib, bayramni ko‘tarinki ruhda nishonladilar.
“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati