Ру O`z En

“HAYOT UCHUN JOY AJRATING” SHIORI OSTIDA KORXONAMIZDA PLOGGING EKO-AKSIYASI TASHKIL ETILDI

20-sentyabr kuni Respublikamizning barcha hududlarida “World cleanup day”“Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan bugun jamiyatimizda “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi.

Plogging eko – aksiya Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhit muhofazasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad korxona ischi-xodimlarning chiqindilarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va bu orqali chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, ekologik madaniyatini oshirish.

Plogging eko – aksiya davomida ishtirokchilar korxonaga tutash hududni chiqindilardan tozalashdi.

Ma'lumot uchun, "World cleanup day" aksiyasi dastlab 2008-yilda Estoniyada bo‘lib o‘tgan. 2023-yilda harakat 211 mamlakatdan 19,1 million kishini safarbar qilgani uchun BMTning Barqaror rivojlanish mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘zbekistonda 2019-yildan buyon Butunjahon tozalik kuni nishonlanadi.

 

 

"Farg‘onaazot" AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech