Ру O`z En

“O‘ZBEK ADABIY TIL ME’YORLARI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH” KURSLARIDA O‘QITILGAN 30 NAFAR XODIMLARGA TANTANALI RAVISHDA SERTIFIKATLAR BERILDI

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida barcha xatlar, hujjatlar va peshlavhalarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishiga katta e’tibor va mablag‘lar sarflanib kelinadi. Bu borada jamiyat rahbariyati, barcha sex va boshqarmalardan tayinlangan mas’ul xodimlarи, boshliq xodimlar mehnatlari beqiyosdir.

       Korxona rahbariyati tashabbusi bilan mazkur yilda 60 nafar ishchi-xodimlar  Alisher Navoiy nomidagi davlat tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan o‘qitilgan bo‘lib, ulardan 30 nafariga sertifikatlar taqdim etish uchun Farg‘ona viloyat hokimi maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Farg‘ona shahar hokimi maslahatchisi Farxod Mamajonov, Alisher Navoiy nomidagi davlat tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi Farg‘ona viloyati rahbari Nizomidin Quldashev va uning mutaxassisi Zulayho Maxmudovalar tashrif buyurdilar.

    Tashrif doirasida mehmonlar mamlakatimizda davlat tiliga qaratilayotgan e’tibor, so‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilgan ishlar, imzolangan qarorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar. Shu o‘rinda, millat tilimizni yuksalishiga barchamiz mas’ul ekanligimizni ta’kidlab o‘tdilar.

    Korxonamiz boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov Davlatimiz rahbari qaror va farmonlariga asosan korxonada bajarilib kelinayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi. 

   Taqdirlash marosimida korxona boshqaruvi raisi va tashkilotchilarga Alisher Navoiy nomidagi davlat tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasi tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech