O‘ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYA XODIMLARI BILAN YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI
Uchrashuv “Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish borasida takliflar berish” mavzusida bo‘ldi. Mazkur uchrashuvga O‘zXDP viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Zokirjon Zoxidov va O‘zXDP shahar kengashi raisi Alisher Umarov tashrif buyurdilar.
Tadbirni jamiyatimiz rahbari Dilshod Mannonov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi arafasida Konstitutsiyamizga o‘zgartishlar kiritilishi va bu to‘g‘risida 20 iyun kuni Prezident Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvi to‘g‘risidagi nutqi bilan ochib berdi.
Tadbirda O‘zXDP viloyat kengashi raisi korxona rahbari bilan birgalikda XDPga a’zolikka qabul qilingan yosh xodimlarga a’zolik guvohnomasi va ko‘krak nishonlarini topshirdilar. Shu o‘rinda, bir qator faol yoshlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati