O‘ZSANOATQURILISHBANK TASHABBUSI BILAN KORXONA XODIMLARI UCHUN MOLIYAVIY SAVODXONLIK BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Bugun, Jamiyatimiz majlislar zalida O‘zsanoatqurilishbank vakillari tomonidan xodimlarning moliyaviy savodxonligi, shaxsiy byudjetni boshqarish ko‘nikmalari va bank xizmatlaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent va Farg‘ona viloyati filiallari mutaxassislari, shuningdek korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalaridan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida bank mutaxassislari bugungi kunda amal qilayotgan raqamli bank xizmatlari, mobil ilovalar orqali to‘lovlar va tranzaksiyalar xavfsizligi, jamg‘arma va investitsiya mahsulotlari, kreditlashning yangilangan mexanizmlari kabi dolzarb yo‘nalishlarda batafsil ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati shaklida tashkil etilgan interaktiv qismda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdi. Barcha bildirilgan fikrlar bank mas’ullari tomonidan “feedback” tartibida qabul qilinib, kelgusidagi loyihalarini takomillashtirish uchun inobatga olindi.
Ushbu seminar xodimlarning moliyaviy madaniyatini oshirish, ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida ongli va puxta qarorlar qabul qilishga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati