Ру O`z En

“MEN DONORMAN” SHIORI OSTIDA EZGULIK AKSIYASI TASHKIL ETILDI

1–5 dekabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab Qon quyish markazlarida an’anaviy “Men donorman” haftaligi o‘tkazilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus doirasida korxona Tez tibbiy punktida jamiyatimizda mehnat qilayotgan ko‘ngilli ishchi-xodimlar ham faol ishtirok etdi.

Aksiya doirasidagi tashabbusning asosiy maqsadi — jamiyatimizda beg‘araz donorlik madaniyatini rivojlantirish, xodimlar o‘rtasida ijtimoiy birdamlik, mehr-oqibat, fuqarolik mas’uliyati kabi qadriyatlarni yanada mustahkamlashdir.

Shuningdek, aksiyada topshirilgan barcha donorlik qoni tibbiy ehtiyojmand bemorlarga bepul yetkazib berilishi, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlariga yetkazib qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida hayotini saqlab qolishga muhtoj insonlar uchun beqiyos yordamdir.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech