Ру O`z En

ENG FAOL YOSH KITOBXON-2024

Bugun, joriy yilning 7-iyun kuni kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish natijasida xodimlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy, huquqiy tarbiyani yanada oshirish, milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonamizda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirish, boy adabiy merosimizga nisbatan mehr-hurmatni kuchaytirish hamda korxona ravnaqiga hissa qo‘shadigan intellektual salohiyatga ega yosh kadrlar zahirasini yaratish maqsadida “Eng faol yosh kitobxon - 2024” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish, shaffoflik va xolislikni ta’minlash uchun filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Koreya Xalqaro Universiteti professori Muqaddamxon Ehsanova, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazi direktori  Husniyaxon Shermatova va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Shoxrux O‘ktamovlar taklif etildi.

Ishtirokchilar avvaldan tasdiqlangan, o‘qilishi lozim bo‘lgan kitoblar mutolaasidan 3 ta shart   bo‘yicha bellashdilar. Yig‘ilgan ballar natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 44 bal bilan Aloqa sexi payvandchisi Feruza No‘monjonova, 2-  o‘rinni  43 bal bilan Mochevina ishlab chiqarish sexi laboranti Manzura Pozilova va 3-o‘rinni 40 bal bilan Markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Oydinoy Abduraximovalar egallab Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlarini qo‘lga kiritdilar.

Qolgan ishtirokchilarning barchasiga kitoblar to‘plami va faxriy yorliqlar ulashildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech