Ру O`z En

ENG FAOL YOSH KITOBXON-2025

Bugun, joriy yilning 4-iyul kuni, xodimlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy, huquqiy tarbiyani yanada oshirish, milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, boy adabiy merosimizga nisbatan mehr-hurmatni kuchaytirish hamda korxona ravnaqiga hissa qo‘shadigan intellektual salohiyatga ega yosh kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida “Eng faol yosh kitobxon - 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish, shaffoflik va xolislikni ta’minlash uchun filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Koreya Xalqaro Universiteti professori Muqaddamxon Ehsanova, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazining kutubxona ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Lola Batirova, Farg‘ona shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Gulnora O‘raqovalar taklif etildi.

Ishtirokchilar avvaldan tasdiqlangan, o‘qilishi lozim bo‘lgan kitoblar, ya’ni Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Erkin Vohidovning “Ruhlar  isyoni”, Matluba Dehqon qizining “Sogʻinch”, Oybekning “Bolalik xotiralarim” asarlari  mutolaasidan 3 ta shart   bo‘yicha bellashdilar. Yig‘ilgan ballar natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Sanitar laboratoriyasi xodimasi Gulrux Rahmonova, 2-  o‘rinni  Aloqa sexi xodimasi Feruzaxon Nomonjonova va 3-o‘rinni bilan Markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Oydinoy Abduraximovalar egallab Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlarini qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan barcha yosh kitobxonlarimiz Yoshlar Ittifoqi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech