Ру O`z En

"YANGI O'ZBEKISTONNING IBRATLI OILASI" KO'RIK-TANLOVI

Mamlakatimiz bo'ylab "15-may Xalqaro oila kuni" nishonlanayotgan bir pallada jamyatimizda ushbu sanaga bag'ishlanib "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" shiori ostida ko'rik-tanlov tashkil etildi.

       Tanlov nizomiga asosan ishlab chiqarish sexlarida  ishlab kelayotgan oilalar ishtirok etishi belgilab qo'yilgan edi. Ishtirokchilar 3-shart bo'yicha bellashdilar. 1- "Tanishuv" shartida oilalar o'zlarini tanishtiradilar va mustaqillik yillarida Prezidentimizning rahnamoligida oila va xotin -qizlarni qo'llab-quvvatlash hamda Yoshlarga oid Davlat siyosatining ijrosi, olib borilayotgan islohotlar to'g'risida fikr yuritdilar.

       Ikkinchi "Oila ma'naviyati" shartida esa Oila va xotin -qizlarni qo'llab -quvatlash sohasidagi Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlar, Oila kodeksi, "Bolalar huquqlari va kafolatlari to'g'risida"gi Konvensiya, Mehnat kodeksi, korxona jamoa shartnomasi hamda tashkiliy qo'mita tomonidan tuzilgan mantiqiy savollarga javob berdilar. So'nggi 3-shartda esa ishtirokchlar o'z qobiliyati va iste'dodini namoyon etgan holda "Mening oilam" videoroligini hozirgi kundagi dolzarb masalalar huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm, oiladagi salbiy holatlar, qaynona -kelin munosabatlari, ajralishlarning oldini olish, farzandlar tarbiyasidagi mas'uliyatsizlikni sahna ko'rinishi orqali yoritib beradilar.

      Tadbirni holis o'tishini ta'minlash uchun rahbariyat tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay'ati a'zolari baholash me'zoniga ko'ra 5 ballik tizimda baholab bordilar.

      Ko'rik-tanlov natijalariga ko'ra, 1- o'rinni 70 bal bilan "Ismoilovlar oilasi", 2-o'rinni 67 bal bilan "Saidovlar oilasi" va 3-o'rinni 64 bal bilan "Shokirovlar oilasi" egallalab, diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, o'zining faol ishtiroki uchun "Rasulovlar oilasi"ga faxriy yorliq va esdalik sovg'a ulashildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech