Ру O`z En

KORXONADA «YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI» YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

13-dekabr kuni, korxonaning majlislar zalida Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida «Yong‘in xavfsizligi oyligi» yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, «Yong‘in xavfsizligi oyligi»da  amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot bilan Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i F.Abduraxmonov chiqish qildi. Shundan so‘ng so‘z Farg‘ona viloyati FVB O‘ta muhim toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor D.Mahmudov va Farg‘ona viloyati FVB Ma’muri amaliyot bo‘limi katta inspektori mayor A.Tojiboyevlarga berildi. Ular yig‘ilish ishtirokchilarini o‘tgan davrda Farg‘ona viloyatida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning achinarli raqamlari bilan tanishtirdilar. Yig‘ilish davomida, shuningdek, nosoz isitish asboblari va pechlardan foydalanish bilan bog‘liq yong‘inlarning oqibatlarini yaqqol ko‘rsatuvchi videorolik namoyish etildi.

Yig‘ilish yakunida «Yong‘in xavfsizligi a’lochisi» tanlovida ishtirok etgan g‘olib sexlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. «Yong‘in xavfsizligi oyligi»ni faol yoritishda korxona matbuot xizmatiga alohida minnatdorchilik bildirildi. Matbuot xizmati fotomuxbiri M.G‘ulomnazirov «Farg‘onaazot» AJ obyektlari binolarida yong‘in xavfsizligini tashkil etish bo‘limi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

 

«Farg‘onaazot» AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech