JAMIYATDA YANGI TASDIQLANGAN “ODOB-AXLOQ KODEKSI” VA QONUNCHILIGIMIZGA KIRITILGAN YANGILIKLAR TO‘G‘RISIDA SEMINAR O’TKAZILDI
Bo‘lib o‘tgan seminarda korxonaning “Odob-axloq kodeksi”ning yangilangan 6-bobi, ya’ni “Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari”, ichki intizom hamda so‘nggi vaqtlarda qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartirishlar, yangiliklar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminarni boshqaruv raisining investitsiya va innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Azamat Ismoilov o‘zining kirish so‘zi va xodimlar xizmat faoliyatidagi vazifalar va huquqlari to‘g‘risidagi nutqi bilan ochib berdi.
Shuningdek, seminarda boshqaruv raisi maslahatchisi E.Abdullayeva, Yuridik bo‘limi boshlig‘i N. Maxkamova va o‘rinbosari M. Maxmudov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I. Abduvohidovlar mavzuga oid ma’ruzalar qildilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati