“YONG‘INDAN OGOHLIK” PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Yong‘indan ogohlik” Umummilliy kampaniyasi tadbirlari doirasida “Farg‘onaazot” Ajning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda OBYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda korxona tasarrufidagi Davolash - sog‘lomlashtirish diagnostika sexi ishchi-xodimlarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish yuzasidan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari hamda ularda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar berildi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha yana bir bor eslatmalar berib o‘tildi.
Korxonamizda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi doirasidagi tadbirlarni namunali va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati