Ру O`z En

“MUNIS VA MO‘TABARSAN AYOL!”

“8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Farg‘onaazot” AJda katta konsert dasturi tashkil etildi. Konsert Munis va mo‘tabarsan ayol!” shiori ostida o‘tkazildi.

Konsert dasturini jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi Ilhomjon Abduvohidov  o‘zining tabrigi bilan ochib berdi. So‘ng, korxonada halol mehnat qilib, o‘zining zahmatkashligi bilan ajralib turgan, korxonamiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va malakasini namoyon etgan bir guruh xodimalarimiz kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan taqdirlandilar.

Shuningdek, korxonamizda 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Korxona ayoli” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, ayollarni jamiyatimiz hamda oiladagi o‘rnini videorolik orqali ta’sirli, ibratli ko‘rsata olgan tarkibiy bo‘linmalarimiz ayollari korxona ma’muriyati diplomlari hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho sovrinlariga sazovor bo‘ldilar.

Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrining xonandalari  Shoyadbek Maxmudov, Abdumutalibjon Madaminov, Murodjon Ibragimov, Gavharoy Axmedova, Guljaxon Yusupovalar, go‘zal raqqosalari Sevara Mirzamatova, Nasiba Muxtorovalar konsertni sho‘x va mazmunli qo‘shiqlari bilan qizitib berdilar. 

Bayram dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi. Kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida ayollar raqsga tushib, qo‘shiq xirgoyi qildilar. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech