Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJ XALQARO MEHNAT XAVFSIZLIGI STANDARTLARIGA MUVOFIQ DEB TOPILDI

Joriy yilning 21-fevral kuni, korxonaning faollar zalida ISO 45001:2018 xalqaro sertifikatini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sertifikat MANAGEMENT CERTIFICATION xalqaro kompaniyasining menejment tizimlarini sertifikatlash organi tomonidan berildi. Tadbirda korxona rahbariyati, yetakchi mutaxassislari, bo‘lim hamda sex rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur sertifikat korxona mehnat xavfsizligi va sog‘liqni saqlash bo‘yicha yuqori standartlarga mosligini tasdiqlaydi. 

Bu yutuq jamiyatning o‘z xodimlari uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratish va mehnat muhofazasining eng yaxshi xalqaro talablarga mos ravishda takomillashtirish yo‘lida qo‘ygan muhim qadamidir.

Ishonamizki, ushbu sertifikat korxonaning kelgusi muvaffaqiyatlari va barqaror rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech