DUAL TA’LIM TIZIMI AMALDA
“Farg‘onaazot” AJ va Farg‘ona politexnika instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq, korxonamiz dual ta’lim jarayonida ishtirok etmoqda. Bu hamkorlik o‘zaro manfaatli bo‘lib, korxonaning ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash, ularni barcha talablarga maksimal darajada mos kelishini ta’minlash, amaliy tayyorgarlik jarayonida eng yaxshi talabalarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtiga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash imkoniyatini yaratadi.
Shu sababli, korxona bosh mutaxassislari hamda boshqarmalar boshliqlari tomonidan Farg‘ona politexnika instituti talabalariga texnologiya, loyihalash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va malakalar ulashilmoqda.
Shunday malaka darslaridan biri bugun, korxonaning Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sektorida Ishlab chiqarish texnik boshqarmasi boshlig‘i Qobil Nazirov tomonidan o‘tkazildi.
U sohaga oid mavzular bo‘yicha o‘z bilimlarini talabalar bilan bo‘lishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati