Ру O`z En

JAMIYATGA O‘ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI VAKILLARI TASHRIF BUYURDILAR

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi yoshlar sektori rahbari, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Muhsiddin Nizomiddinov, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bosh maslahatchisi, Yoshlar parlamenti qo‘mita raisi Shoxrux O‘ktamov, O‘zbekiston XDP Farg‘ona shahar kengashi raisi Alisher Umarov hamda Farg‘ona viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Shoxrux Mamajonovlar korxona yosh xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazdilar.

Davra suhbatida 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati, uning  2023 – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlar, shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ushbu jarayondagi tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv chog‘ida ma’ruzachilar korxona yosh mutaxassislarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.

Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonlar va korxonaning yosh xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jamiyat hududiga ko‘chatlar o‘tkazdilar.

 

Fargonaazot AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech