“ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” DOIRASIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
Ta’kidlash lozimki, “Farg‘onaazot” AJ rahbariyati ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarni oldini olish, ularni jamiyat hayotida foal ishtirokini ta’minlash, gender tenglik, oilalarda tinchlik va xotirjamlik kabi masalalariga jiddiy e’tibor qaratib keladi.
Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “25-noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan mamlakatimizda e’lon qilingan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida korxonada “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzularini o‘z ichiga olgan seminar tashkil etildi.
Seminarda jamiyat tarkibiy bo‘linmalari xotin-qizlar, ma’naviyat va yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar. Shu o‘rinda, soha mutaxassislari Farg‘ona viloyati reabilitatsiya va moslashtirish bo‘limi boshlig‘i Jamila Axmedova, Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasining Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnigi - Dilorom Abdullayeva hamda Farg‘ona viloyati reabilitatsiya va moslashtirish bo‘limi mutaxassisi Dilorom Nazarovalar taklif etildilar.
Seminarda mavzuga oid barcha masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi, videoroliklar qo‘yib ko‘rsatildi. Seminar so‘nggida ishchi-xodimlar o‘zlarining savollari bilan soha mutaxassislariga yuzlandilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati