Ру O`z En

KORXONADA DOLZARB MAVZULARGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 30-oktabr kuni korxonaning Logistika boshqarmasi xodimlari uchun “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash”, “Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi”, “Kiber jinoyatlar va kiber xavfsizlik” mavzularida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Komplaens-nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov o‘z ma’ruzasida diniy ekstremizmning ijtimoiy-psixologik ildizlari, radikal g‘oyalar targ‘ibotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari notiq o‘z chiqishida xodimlarning mehnat madaniyatini oshirish zarurligiga ham alohida e’tibor qaratdi, chunki ishchilarning hayoti va sog‘lig‘i mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalari va me’yorlariga qat’iy rioya qilishga bevosita bog‘liq.

Shuningdek, Yuridik bo‘limi boshliq o‘rinbosari Mahmud Qayumov  va Tartib-maxfiy boshqarmasi yetakchi muhandisi Sodiqjon Muxtorovlar dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr almashdilar.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech