Ру O`z En

“DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 25-iyul kuni “Dolzarb  30 kun”  tadbirlar doirasida  “Farg‘onaazot” AJ  Sanoat xavfsizligi boshqarmasi  hamda  FVB  OYXTTEB  xodimlari bilan hamkorlikda  korxonaning  Mexanikaviy ta’mirlash sexida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida  ishchi-xodimlarga  yong‘inlar va turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqishi, bunday vaziyatlarda qanday harakatlarni  amalga  oshirish  kerakligi  to‘g‘risida  ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbirda ishchi-xodimlarning  bilim  va  ko‘nikmalarini  oshirish maqsadida  birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish yuzasidan amaliy mashg‘lotlar o‘tkazilib, unda tartib va qoidalari, sohada  qo‘llanilayotgan  texnikalar  va ularning  imkoniyatlari  to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

         Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlar  mavzuga doir savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech