ELEKTR JIHOZLARNI MARKAZLASHTIRILGAN TA’MIRLASH VA AVTOTRANSPORT SEXLARIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
Xalqimizda kasallikni davolashdan ko‘ra uni oldini olgan afzal degan gap bor. Haqiqatdan ham biror hodisa ro‘y berishidan ilgari uni oldini olish, shu hodisani ro‘y berishidan saqlashni yoki takrorlanmasligini ta’minlaydi.
Korxona sexlarida o‘tkazilayotgan seminarlarning bosh maqsadi ham korxonada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarni oldini olish, intizom, odob-axloqqa rioya etish, korrupsiya va turli illatlarni oldini olishdir.
Joriy yilning 5-6-fevral kunlari Elektr jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash va Avtotransport sexida o‘tkazilgan soha mutaxassislari odob-axloq, korrupsiyaga qarshi kurash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yoshlar hamda xotin – qizlar bilan yaqindan ishlash, ularni korxona hayotiga jalb qilish, ichki intizom, manfaatlar to‘qnashuvi, huquqiy ongni yuksaltirish, xodimlar ijtimoiy himoyasi kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildilar.
Eslatib o‘tamiz, mazkur seminarlar korxona boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan O‘quv dasturiga asosan o‘tkazilmoqda. Tashriflar haftaning har chorshanba, payshanba kunlari davom ettiriladi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati