JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT: MISSIONERLIK
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning ongi va tafakkurini yuksaltirish, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalardan asrash maqsadida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda korxonamiz ham faol ishtirok etmoqda.
Bugun jamiyatimiz faollar zalida Farg‘ona viloyati hokimligi Din qo‘mitasi, Jo‘ydam masjidi hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” shiori ostida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda korxonaning tarkibiy bo‘linmalaridagi ma’naviyat va ma’rifat, xotin-qizlar, yoshlar hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari ishtirok etdi.
Tadbirni boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva ochib berdi. So‘ngra Farg‘ona viloyati hokimligi Din qo‘mitasi bosh mutaxassisi Ilhom Mirzaahmedov, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchisi Abror Mirzo Jo‘ramirzayev hamda Jo‘ydam masjidi imom-xatibi Baxromjon Tursunovlar tomonidan missionerlik, ekstremistik g‘oyalarning xavfi, ularga qarshi kurashish yo‘llari borasida mazmunli ma’ruzalar qilindi.
Tadbir davomida mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash, din va ma’rifat uyg‘unligini tushuntirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati