Ру O`z En

“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — DAVR TALABI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Korxonamizning Xlorat-magniy defoliyanti sexida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida profilaktik yondashuvlarni kuchaytirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurash — davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir zamonaviy komplayens tizimini rivojlantirish, korporativ boshqaruvda shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida halollik madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi — xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini tushuntirish, shuningdek, “Halollik vaksinasi” konsepsiyasini amaliyotga joriy etish orqali ayniqsa yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Komplayens nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojov, sex rahbariyati hamda ishchi-xodimlar faol ishtirok etib, o‘zaro ochiq muloqot shaklida dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida komplayens nazorati tizimi doirasida korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish hamda odob-ahloq, tartib-intizom va etik me’yorlarga rioya etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda profilaktika, monitoring va ichki audit instrumentlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech