Ру O`z En

“DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 15-oktabr kuni Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi, Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi, Bosh enargetik bo‘limi xodimlari uchun “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni Komplaens-nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov olib bordi. U o‘z ma’ruzasida diniy ekstremizmning ijtimoiy-psixologik ildizlari, radikal g‘oyalar targ‘ibotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni hamda xodimlarning kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish zarurligi haqida atroflicha to‘xtaldi.

Shuningdek, suhbat davomida jamiyat boshqaruvi raisining maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva, boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurmurod Sirojev, Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi Umida Axundjanova va Tartib-maxfiy boshqarmasi yetakchi muhandisi Dilmuhammad Eshonov so‘zga chiqib, bugungi globallashuv jarayonida diniy ekstremizm va terrorizm insoniyat xavfsizligi hamda jamiyat barqarorligiga jiddiy tahdid solayotgan omillardan biri hisoblanishi va shu bois, korxonamizda xodimlarning mafkuraviy savodxonligini oshirish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrash va sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganiga alohida e’tibor qaratdilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Bu esa tadbirning nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham samaradorligini ta’minladi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech