Ру O`z En

XODIMLAR UCHUN PSIXOLOGIK TRENINGLAR

Bugun, joriy yilning 30-yanvar kuni jamiyatning Soda ishlab chiqarish sexida ish joylarida ishchilarda do‘stona kayfiyat yaratish, ularning oilaviy va kasbga taalluqli muammo va kechinmalari bilan yaqindan tanishish, xodimlarning psixologik holatini o‘rganish maqsadida psixologik trening o‘tkazildi. 

            Treningda korxona psixologi Nargiza Ergasheva ishtirokida turli xil psixologik testlar, ma’ruzalar va suhbat tashkil etildi. Treningda xodimlar faol ishtirok etdilar. O‘z savollarini va qiziqtirgan hayotiy holatlar, kechinmalar to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

       Trening so‘ngida kundalik uchrab turadigan vaziyatlar to‘g‘risida psixologik o‘yin tashkil etildi.

 

FargonaazotAJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech